Indoneziyada sunami o‘sha vaqtda sahnada qo‘shiq aytayotgan mahalliy Seventeen rok-guruhi musiqachilarini yuvib ketdi. Tabiiy ofat zarbasi aks etgan YouTube’ga joylandi.
Kadrlarda guruh frontmeni mikrofonga “Biz — Seventeen” deb baqirganini, keyingi lahzada esa sahnaning orqa devorini sunami sidirib tashlaganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 23-dekabr, yakshanbaga o‘tar kechasi Yava va Sumatra orollari oralig‘idagi Zond bo‘g‘ozida yuz bergan sunami oqibatida halok bo‘lganlar soni 222 kishiga yetdi. Jarohatlanganlarning soni esa 843 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh (0)