Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkodan Rossiyaga urush e’lon qilish va u bilan barcha diplomatik aloqalarni uzish so‘ralgan murojaat loyihasi Ukraina parlamentiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Uning muallifi — fraksiyadan tashqari deputat Vitaliy Kupriydir.
Avvalroq Ukrainada 2019-yil 1-apreldan Rossiya bilan do‘stlik va hamkorlik haqidagi shartnomani tugatish haqidagi qonun qabul qilingan edi.
Izoh (0)