“Voyadjer—2” apparati geliosfera chegarasini tark etib, yulduzlararo kenglikka chiqdi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Hozirda “Voyadjer—2” Yerdan 120 astronomik birlik masofada joylashgan. “Voyadjer—2” 1977-yilda ishga tushirilgan, bo‘lib uning dastlabki maqsadi gigant sayyoralarni tadqiq qilish bo‘lgan. Zond besh yilga yaqin ishlab berishi taxmin qilingan.“Voyadjer-1” 2013-yilda geliosferani tark etgan tarixdagi birinchi apparat sanaladi. Hozirda u Yerdan 145 astronomik birlik masofada joylashgan.
Izoh (0)