Telegram’dagi “Exo Uzbekistana” kanalida Yashnobod tumanidagi bozorda olti oylik chaqaloq topilgani haqida xabar berilgan edi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
“Kecha, 18-dekabr kuni taxminan soat 20:30 da 102 raqamiga 28 yoshli Igor B. murojaat qildi. Uning xabar berishicha, notanish ayol kishi bolalar ovqatini xarid qilish davomida undan bolasiga qarab turishni iltimos qilgan. Oradan uch soat o‘tgach ham ayol kishi qaytib kelmaganidan so‘ng, Igor 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. Biroq, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ma’lum bo‘lishicha, Igorga bolani uning tanishi Nadejda I. qoldirib ketgan. Chaqaloqning onasi topildi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda ona nima sababdan chaqalog‘ini tashlab ketganiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)