Toshkent tumanida yashovchi B.M. uyida o‘zaro janjal sabab birga yashagan kuyovi A.X.ga o‘roq bilan jarohat yetkazdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
A.X. kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu yerda vafot etdi.
B.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)