Xorazmda hokimlikdagi tanishlari orqali yer uchastkasini rasmiylashirib berishni va’da qilib, fuqarodan 3 ming dollarni aldov yo‘li bilan olgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xabar berdi.
Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro R. fuqaro S.ni tuman hokimligida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 7 sotix yer uchastkasini turar-joy qurish uchun ajratish va hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 3000 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)