Missuri shtati sudi mahalliy fuqaro Devid Berrini brakonyerligi uchun bir yil qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Shuningdek, sud unga har oyda kamida bir marotaba “Bembi” multfilmini ko‘rish majburiyatini yukladi.
Mahkamaga ko‘ra, Berri uch yil davomida sheriklari bilan bir necha yuz kiyikni o‘ldirgan. Jinoyatchilar aksar ularning faqat boshini olib, tanasini o‘rmonda qoldirgan.
Izoh (0)