Yaponiyada Rossiya prezidenti Vladimir Putinning suratlari tushirilgan taqvimlar mahalliy taniqli shaxslarning rasmlari tushirilgan shunday mahsulotlardan ko‘ra yaxshiroq sotilmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Rossiya yetakchisining surati tushirilgan taqvimlarni sotish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarga ega Loft savdo tarmog‘i tomonidan ma’lum qilinishicha, Putin katta ustunlik bilan o‘zining asosiy raqobatchilari bo‘lgan mashhur aktyor Keya Tanaka va figurali uchish bo‘yicha olimpiya chempioni Yudzuru Xanyuni ortda qoldirgan.
Sora News 24 portali jurnalistlari tomonidan taxmin qilinishicha, yaponiyaliklarning ba’zilari taqvimlarni do‘stlari uchun kulgi ulashish maqsadida sotib olayotgan bo‘lsa ham, xaridorlarning ko‘pchiligi haqiqatan ham Putin shaxsiga qiziqishi mumkin.
Asosan taqvimlarni ayollar sotib olmoqda. Sotuvchilarning fikriga ko‘ra, ayollarni Rossiya prezidentining nostandart uslubi va mardligi o‘ziga tortmoqda.
Izoh (0)