Eronning Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Godratolla Mansuriy qurol bilan ehtiyotsizlik oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Xabar berilishicha, general to‘pponchani tozalayotgan vaqtda o‘q uning boshiga tekkan.
Qayd etilishicha, Godratolla Mansuriy 1980-yillardagi Eron-Iroq urushining faxriysi bo‘lgan. 2014-yildan buyon Mansuriy Eronning shimoli-sharqida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni bo‘lgan.
Izoh (0)