Oqdaryo tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning yaqinda Janubiy Koreyaga safari davomida “Sam Green Agro House” Co., ltd, “Rico Gropp”, “Metabusco” korporatsiyalari vakillari bilan uchrashuvlarda ana shunday kelishuvlarga erishildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Bugungi kunda tumanimizda Koreya Respublikasidagi bir qator firma va kompaniyalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, zamonaviy issiqxonalar tashkil etish borasida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Safar davomida o‘tkazilgan biznes forum, brifing va uchrashuvlarda hamkorlikning bugungi holati va kelgusi istiqbollarini atroflicha muhokama etdik. Natijada Koreya kompaniyalari tumanimizda zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari tashkil etish uchun 2,3 million dollar miqdorida investitsiya kiritadigan bo‘ldi. Shuningdek, energiya tejamkor quyosh batareya panellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi, – deydi Oqdaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi F.Abilov.
Bugungi kunda tumandagi Baraka massivida gidroponika usulidagi issiqxonalar qurish uchun 10 gektar yer maydoni ajratilgan. Bu yerda kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha ham zamonaviy laboratoriya tashkil etiladi.
Izoh (0)