Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 15-dekabr kuni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Toshkent-Janubiy” vokzalida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Tadbirlar natijasida, Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga “Termiz-Toshkent” yo‘lovchi poyezdida kirib kelgan fuqaro Sh.Sh.ning yonidan 8 dona polietilen paketga qadoqlangan holda 117.87 gr “opiy” va 33.81 gr “gashish” giyohvandlik vositalari topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)