2018-yilning 16-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da Sapporo shahridagi (Xokkaydo prefekturasi) kafelar va ko‘chmas mulk agentliklari joylashgan tijorat binosida portlash yuz bergani haqida Yaponiya OAV xabar tarqatdi, deb yozadi TIV matbuot xizmati.
17-dekabr tongi holatiga ko‘ra 42 kishining turli darajadagi jarohatlar olgani haqida aytilmoqda. O‘zbekistonning Yaponidagi elchixonasi konsullik bo‘limi Xokkaydo prefekturasida yashovchi vatandoshlar bilan bog‘landi.
Jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
Izoh (0)