“Real Madrid”ning belgilyalik darvozaboni Tibo Kurtua mavsumning birinchi qismida o‘tkazib yuborgan to‘plar nisbati bo‘yicha antirekord qayd etdi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
26 yoshli belgiyalik “Real”dagi faoliyatining dastlabki 16 uchrashuvida darvozasidan 21 ta to‘p olib chiqdi.
La liga doirasida 13 ta o‘yinda raqiblar Kurtua darvozasini 18 marta ishg‘ol qildi. Chempionlar Ligasida esa Kurtua 3 ta o‘yinda uchta gol o‘tkazgan. Uchala golni ham “Santyago Bernabeu” stadionida SSKA futbolchilari kiritdi.
Bunga qadar Kurtua 2010/11-yilgi mavsumda “Genk” tarkibida 16 uchrashuvda 19, “Chelsi” safida 2 marotaba 18 va “Atletiko” jamoasida esa 17 ta to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqqan. Shunga qaramay, Tibo “Real” asosiy tarkibidan o‘rin olishda, Navasdan ustun keldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)