Nepalning Nuvakot tumanida yuk mashinasi jarga qulab tushishi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda Katmandu Post gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa 14-dekabr, juma kuni kechasi sodir bo‘lgan. Odamlar qishloqdoshining dafn marosidan yuk mashinasida qaytayotgan payt haydovchi boshqaruvchi eplay olmay, yo‘ldan chiqib ketdi va yuk mashinasi 400 metrlik jarlikka qulab tushdi.
Nepal politsiyasi va harbiylar mashina halokatga uchragan joyga darhol yetib kelib jabrlanuvchilarni qutqardi. Qurbonlar soni ortishi mumkin. Hozirgacha yuk mashinasida halokat payti necha kishi bo‘lgani aniq emas.
Izoh (0)