Southwest Airlines aviakompaniyasining samolyoti bortida donor organi unutib qoldirilgani sababli uchgan aeroportiga qaytib bordi. Bu haqda Seattle Times xabar berdi.
Hodisa Sietl shahridan Dallasga uchayotgan samolyot bortida yuz bergan. Uchish vaqtida kema kapitani yo‘lovchilarga bortda unutib qoldirilgan donor yuragi sababli favqulodda ortga qaytish haqida xabar bergan. Yo‘lovchilar eshitgan xabaridan hayratda qolgan, biroq birozdan so‘ng odamni qutqarish imkoniyatini eshitib xursand bo‘lgan.
Sierra Donor Services tashkiloti vakillarining so‘zlariga ko‘ra, yurak Sakramentodan Sietlga jo‘natilgan edi.
Ta’kidlanishicha, yurak donor vafotidan keyin 48 soat ichida bemorga qo‘yilishi kerak. Donor yuragi yaroqsiz bo‘lib qolishidan 12 soat oldin bemorga qo‘yilgan.
Izoh (0)