14-dekabr kuni Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi. Oliy sudning 3 nafar sudyasi – Vohid Nazarov, Umidjon Rasulberdiyev va Mahamatibrohim Tulanov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.
Senatorlar O‘zbekiston Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi va uning yakunlari bo‘yicha Senat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Nodira Boboxonova, Abduvohid Qosimov, Tal’atjon Meliboyev va Baxbergan Ubaydullayevlar 10 yil muddatga Oliy sud sudyalari etib saylangan. Ikrom Muslimov esa muddatsiz davrga Oliy sud sudyasi etib saylangan.
Izoh (0)