Oliy Majlis Senatida ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 221-moddasi energetik ichimliklar reklamasi bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Unga ko‘ra,
- soat 7:00 dan 22:00 ga qadar energetik ichimliklarni televideniye va radio orqali reklama qilish;
- reklama qilish maqsadida energetik ichimliklar namunalarini o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida tekin tarqatish;
- o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar orasida energetik ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoki tasviri tushirilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlarni va shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan, sotish taqiqlanadi.
Izoh (0)