Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ba’zi talabalar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31-dekabri (shu kuni ham) etib belgilanganini ma’lum qildi.
Respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga 2018/2019-o‘quv yili qabulida kirish sinovlari natijasiga ko‘ra yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun;
2018/2019-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tavsiya etilgan xorijiy fuqarolar uchun;
2018/2019-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi, deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)