Fransiya politsiyasi Strasburg shahrining Nodorf dahasida maxsus operatsiyani yakunladi, 11-dekabr kuni kechqurun otishma uyushtirgan erkakni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘linmagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Dahada o‘tkazilgan operatsiyada 700 dan ortiq politsiya xodimi, harbiylar va ikkita vertolyot ishtirok etgan.
Xabar berilishicha, operatsiya tugagan, o‘rab olingan hudud ochiladi. Politsiya merganni izlashda davom etmoqda.
11-dekabr kuni kechqurun 29 yoshli erkak Strasburgdagi bir qator Rojdestvo yarmarkalari yonida o‘t ochgan. Hujumda huquqni muhofaza qilish idoralariga ko‘plab jinoyatlar bilan ma’lum bo‘lgan strasburglik Sherif Sh. ismli erkak gumonlanmoqda. U jinoyat joyidan qochib ketgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, 13 kishi jarohat olgan.
Avvalroq Fransiya politsiyasi Strasburgdagi yarmarkada otishma uyushtirishda gumonlanuvchi shaxsning opasiga tegishli uyda tintuv o‘tkazayotgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)