Arab amirliklari poytaxti Abu-Dabida shahar va cho‘l bo‘ylab tuyalarda harakatlanadigan politsiya patrullari tashkil qilindi. Bu haqda “Liga” xabar berdi.
“Politsiya jinoyatchilikni oldini olish va aholi bilan muloqotda bo‘lish bo‘yicha o‘zining fuqarolik majburiyatini bajarish uchun eng yaxshi standartlarda mashg‘ulotlardan o‘tkazildi”, — deydi Abu-Dabi politsiyasi rahbari Muhammad al-Rumeysiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar nafaqat xavfsizlik, balki mamlakat an’analarini saqlab qolish uchun ham amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)