Rossiyaning 201-harbiy bazasi xizmatchilari Tojikistondagi Lohur tog‘ poligonida shartli jinoiy guruh hujumini bartaraf qildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Mashqlar ssenariysiga ko‘ra, shartli terrorchilarning qurol-yarog‘ va o‘q-dori omborlariga tayyorlanayotgan hujumi haqida ma’lumotlar olinadi. Harbiylar trevoga bo‘yicha ko‘tariladi va hujum kutilayotgan hududga tashlanadi.
Motoo‘qchilar jangarilarni qurshab oldi va maxsus operatsiya davomida ularni yo‘q qildi.
Izoh (0)