9-dekabr kuni O‘zbekistonga AQSh davlat kotibining Afg‘onistondagi yarashish bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha katta direktor Liza Kortis keldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
AQSh delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.
Izoh (0)