Avstraliyaning Alis-Springs shahri yaqinidagi qo‘riqxonada bundan bir necha yil avval noodatiy rivojlangan mushaklari tufayli ijtimoiy tarmoqlar “yulduzi”ga aylangan 12 yoshli kenguru “Rojer” vafot etdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Afsuski, ‘Rojer’ — dunyodagi eng taniqli kenguru 12 yoshida vafot etdi. U bizning sevimli jonivorimiz va yulduzimiz edi”, — deyiladi qo‘riqxonaning Facebook’dagi sahifasida.
Mushakli kenguruning rasmlari 2015-yilda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinganidan so‘ng u mashhur bo‘lib ketgan edi.
Kenguruning umri shu qo‘riqxonada o‘tdi. Qo‘riqxona asoschisi shaxsan o‘zi jonivorni mashina urib ketgan onasining xaltasidan olib, shu yerga olib kelgan edi.
Izoh (0)