Yaponiyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi – Toyota avtomobil faralarida yuzaga kelgan nuqson sababli Corolla GLi modelidagi 13 ming 48 ta avtomobilini qaytarib oladi, deya xabar beradi Turon24 “Sinxua” agentligiga tayanib.
Xabarda keltirilishicha, joriy yilning 19-martidan 16-oktabriga qadar Xitoyning o‘zida yig‘ilgan Corolla GLi modelli 13 048 ta avtomobilni qaytarib olish jarayoni 7-dekabr kuni boshlangan.
Bozorni tartibga solish bo‘yicha Xitoy davlati boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, avtomobillarning yoritgich qismi (faralari) elektron boshqaruv blokida muammo mavjud. Ularning fikricha, avtomobilning orqa o‘rindig‘iga to‘la yo‘lovchi olinganida, yuk tushish tufayli uning yoritgich qismi noto‘g‘ri ishlashni boshlaydi.
Hozir Toyota kompaniyasi ushbu modelni xarid qilmoqchi bo‘lgan xaridorlarni mazkur defekt haqida ogohlantirish majburiyatini olgan.
Izoh (0)