Toshkentning Qushbegi dahasida 7-dekabr kuni Cobalt rusumli avtomobil yonib ketgani haqida xabar berilgan edi. UzNews nashri IIV Yong‘in xavfsizlii bosh boshqarmasiga asoslanib, voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.F.ga qarashli Cobalt Qushbegi dahasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida yonib ketgan. Yong‘inga avtomobil salonida gaz-havo aralashmasi to‘planib qolgani sabab bo‘lgan — fuqaro mashina bagajida maishiy gaz ballonini olib ketayotgan bo‘lgan.
Yong‘in voqea joyiga yetib kelgan ikkita yong‘in ekipaji tomonidan o‘chirilgan. Cobalt haydovchisi A.F. kuyish jarohatini olib, kasalxonaga yotqizilgan. Uning joriy ahvoli haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)