8-dekabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 16-turi doirasida yana bir bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Turning markaziy o‘yini Londonda kechdi. Unda “Chelsi” jamoasi APL peshqadami “Manchester Siti”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 45-daqiqada Ngolo Kante kuchli zarbasi bilan “Chelsi”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada esa David Luiz burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan “Siti” darvozasiga joylab qo‘ydi. Qayd etish joiz, ikkala gol ham Eden Azarning uzatmasidan so‘ng kiritildi.
Kantening goli
Luizning goli
Angliya premyer ligasi
16-tur o‘yinlari
8-dekabr, shanba
“Chelsi”—“Manchester Siti” 2:0
Gollar: 1:0 – 45 Kante, 2:0 – 78 David Luiz.“Chelsi” – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar (Jiru, 90), Kante, Pedro, Kovachich (Barkli, 65), Villian (Loftus-Chik, 75), Jorjinyo.
“Manchester Siti” – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Delf, Marez (Foden, 84), Bernardu Silva, Sterling, Silva (Gyundogan, 68), Sane (Gabriel Jezus, 53), Fernandinyo.
Ogohlantirish: Jorjinyo (63), Pedro (80).
Izoh (0)