Yevropa Chempionlar Ligasida “Real Madrid” bilan ketma-ket uch marta g‘olib bo‘lgan Keylor Navas klubdan ketishni xohlamoqda, deb yozadi AS nashri.
Tibo Kurtua klubga kelgach, Navas zaxirada qolib ketmoqda. Keylor esa 2-raqamli posbon bo‘lish niyatida emas.
31 yoshli darvozabon Madridni tark etib Angliya premyer ligasi klublaridan biriga o‘tmoqchi. “Qirollik klubi” ham Navasning bu boradagi pozitsiyasidan boxabar, agarda yozda jamoa yaxshi taklif oladigan bo‘lsa, uni qo‘yib yuboradi. Navas esa qishdayoq klubni tark etishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Keylor Navas so‘nggi uch mavsumda “Real”ning asosiy darvozaboni bo‘ldi. U jamoa bilan YChLda ketma-ket uch marta g‘olib bo‘ldi, bundan tashqari 2016/17-yilgi mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)