Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahriga yangi prokuror tayinlandi. Mazkur lavozimni Fozilov Jahongir To‘lqinovich egalladi. Bu haqda Qo‘qon shahar hokimligida o‘tkazilgan faollar yig‘ilishida shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov ma’lum qildi.
Qo‘qon shahrining avvalgi prokurori Shamsiddin Turdaliyev Xorazm viloyati prokuroriga yordamchi etib tayinlangan edi.
Jahongir Fozilov 1969-yilda tug‘ilgan, uzoq yillar mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Yangi lavozimga u besh yil muddatga tayinlandi.
Izoh (0)