2019-yilning 10–15-sentabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro hunarmandchilik festivali logotipi uchun tanlov e’lon qilinadi. Bu haqda “Hunarmand” uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Tanlovda professional reklama kompaniyalari, agentliklar bilan bir qatorda jismoniy shaxslar (frilanserlar, hunarmandlar, talabalar va h.k) ham ishtirok etishi mumkin.Logotipning o‘ziga xos versiyasini ishlab chiqing va ta’rifini qisqacha bayon eting”, — deyiladi xabarda.
Tanlovning mukofot fondi:- birinchi o‘rin uchun 7 000 000 (yetti million) so‘m,- ikkinchi o‘rin uchun 2 000 000 (ikki million) so‘m,- uchinchi o‘rin uchun 1000 000 (bir million) so‘mni tashkil etadi .
Eng yaxshi deb topilgan 3 ta variant festivalning tashkiliy qo‘mitasi e’tiboriga taqdim etiladi.
Tanlovga taqdim qilingan materiallar 2018-yilning 14-dekabr soat 14:00 gacha qabul qilinadi.
2019-yilning 15-yanvar kuni g‘olib e’lon qilinadi va uning logotipi festival ramziga aylanadi.
Tanlov shartlari va texnik topshiriqlari bilan quyidagi saytda tanishib chiqish mumkin.
Izoh (0)