Hukumat qarori bilan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-apreldan boshlab litsenziya va litsenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.
Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
Bunda litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra umuman faoliyat turiga yoki uning qismlariga beriladi.
Izoh (0)