• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 6-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy majlisida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

    Suratga tushish marosimidan so‘ng MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi boshlandi.

    Alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatning Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar bilan hamkorligi turli yo‘nalishlarda izchil va har tomonlama rivojlanib bormoqda.

    Prezident joriy yil 28-sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etgan edi.

    O‘tgan davrda mamlakat MDH doirasida o‘nta tarmoq bo‘yicha hamkorlikka qo‘shildi. O‘zbekiston tashkilot Parlamentlararo assambleyasining to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi, O‘simliklar karantini bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Fan-texnika va innovatsiya sohalarida hamkorlik bo‘yicha davlatlararo kengash, Agrosanoat majmui masalalalari bo‘yicha kengash, Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha komissiya, MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashi, MDHning xizmatlar bo‘yicha erkin savdo hududi to‘g‘risida bitimini ishlab chiqishga oid yuqori darajali ishchi guruh va boshqa organlar faoliyatiga qo‘shildi.

    O‘zbekiston MDH makonida o‘zaro bozorlarni shakllantirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, xalqaro va mintaqaviy transport yo‘laklaridan samarali foydalanish tarafdoridir.

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Foto: Prezident Matbuot xizmati

    Joriy yilda O‘zbekiston Hamdo‘stlik doirasida Mudofaa vazirlari kengashi, Urug‘chilik masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kengash, Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib zondlash bo‘yicha davlatlararo kengash majlislari va ko‘plab boshqa muhim tadbirlarni o‘tkazdi. Bu turli sohalarda ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlikni sezilarli darajada faollashtirish, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish imkonini berdi.

    Uchrashuvda Hamdo‘stlik davlatlarining savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, transport-kommunikatsiya salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek, xavfsizlikni mustahkamlash, zamonaviy xatar va tahdidlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalariga e’tibor qaratildi.

    Gumanitar, ta’lim va turizm sohalarida almashuvlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

    Tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

    Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi kelasi yil MDHda hamrais, 2020-yilda esa MDH Davlat rahbarlari sammitiga mezbon bo‘ladi.

    MDH norasmiy sammiti doirasida Prezident qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama suhbatlar o‘tkazdi. Ularda 2018-yilda samarali sheriklikning asosiy yakunlari va kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

    Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga tashrifi yakuniga yetdi.

    06.12.2018, 23:51   Izoh (0)   35672
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namangandagi gumburlash ovozlari Mingbuloqda neft qidirish ishlari bilan bog‘liq ekani aytilmoqda

    06.12.2018, 23:45

    GM Uzbekistan: Ravon avtomobillarining qaytarib olinishi O‘zbekiston bozorida sotilayotgan modellarga taalluqli emas

    06.12.2018, 22:37

    O‘zbekistonda 2019-yilgi ish vaqti kalendari tasdiqlandi

    06.12.2018, 22:21

    Qurolli Kuchlar davlat muzeyida harbiy xizmatchilarning ma’naviy saviyasini oshirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    06.12.2018, 22:06

    Toshkent metrosidagi nosozlik 15 daqiqada bartaraf qilindi

    06.12.2018, 22:02

    Britaniya va rossiyalik investorlar Toshkent viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etadi

    06.12.2018, 21:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.