Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Malkom Ispaniya Kubogi 1/16 finali doiraisida “Leonesa”ga (4:1) qarshi bahsda jarohat oldi.
Futbolchi 7-dekabr kuni tibbiy tekshiruvlardan o‘tdi. Natijada uning 10-15 kunga safdan chiqqanligi ma’lum bo‘ldi. Malkomga to‘pig‘ning chiqishi tashxisi qo‘yilgan.
Malkom joriy mavsum La Liganing 5 ta o‘yinida maydonga tushdi va bitta ham gol kirita olmadi.
Futbolchi yozda “Bordo” klubidan 41 million yevro evaziga “Barselona”ga o‘tgandi.
Izoh (0)