Hukumat qarori bilan Baxodirjon Ochilboyevich Onorboyev Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.
Institut paxta, to‘qimachilik, yengil sanoat va matbaachilik sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqadigan strategik vazifalarni ro‘yobga chiqara oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.
Izoh (0)