Toshkent shahar IIBB “Telegram_Yulduzlari” nomli telegram-kanalda e’lon qilingan video bo‘yicha tekshiruv boshladi.
Unda shaxsi aniqlanmagan ayol kishi Spark avtomobilida yosh boladan mobil telefon o‘g‘irlaganligi aks etgan.
Ushbu hodisa bo‘yicha biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolarni IIBB sayti, shuningdek, 102 raqami yoki ichki ishlar bo‘limiga xabar berishlari so‘ralgan.
Izoh (0)