Farg‘ona viloyatining Rishton tumani va Ozarbayjonning Ismailli tumani qardoshlik haqidagi memorandumni imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz”. Marosim Rishton tumani hokimligida bo‘lib o‘tdi.
Hujjatni Rishton tumani hokimi o‘rinbosari Abdusalom Siddirov, Ismailli ijro hokimiyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Ravshan Agayev va Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev imzoladi.
Ozarbayjon delegatsiyasining rasmiy tashrifi doirasida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar turli sohalardagi hamkorlik masalalarini, shu jumladan, ozarbayjonlik hunarmandlar va turistlarni “Adras” festivaliga hamda kulolchilik va hunarmandchilik xalqaro festivallariga taklif etishni muhokama qildi.
Izoh (0)