O‘zbekiston rossiyaliklar tomonidan nisbatan barqaror va muvaffaqiyatli deb hisoblanadigan MDH davlatlari orasida oltinchi o‘rinni saqlab qoldi, deb yozmoqda Sputnik.
Butun Rossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi so‘rovining natijalariga ko‘ra, ko‘plab rossiyaliklar Belarus (68 foiz) va Qozog‘istonni (52 foiz) MDH davlatlari orasida nisbatan barqaror va muvaffaqiyatli deb hisoblaydi.
So‘rovda ishtirok etganlar MDH davlatlari ro‘yxatidan o‘zlari eng muvaffaqiyatli va barqaror deb hisoblaydigan uchta mamlakatni tanlashi mumkin bo‘lgan.
2018-yilda katta farq bilan uchinchi o‘rinni Ozarbayjon (16 foiz), to‘rtinchi o‘rinni Armaniston (14 foiz), beshinchi o‘rinni Gruziya (12 foiz) egallagan. O‘zbekiston 10 foiz natija bilan oltinchi qatordan joy olgan.
Izoh (0)