3-dekabr kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi poyezd va yo‘l kesishmasida yo‘lovchi poyezdi va Damas avtomobili to‘qnashib ketdi, deb yozadi UZ24 FVVga tayanib.
To‘qnashuv Damas haydovchisining aybi bilan sodir bo‘lgan. Haydovchi qizil chiroq yonishiga qaramay boshqaruvni davom ettirgan.
Natijada, 3 ayol voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va 5 nafar yo‘lovchi turli xil tan jarohatlari olib kasalxonaga joylashtirilgan.
Izoh (0)