O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning 2018-yil 5-dekabrdan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi.
Unga ko‘ra:
1 ta oltin tanga narxi — 12 800 000,00 so‘m;
1 ta kumush tanga narxi — 241 000,00 so‘mni tashkil etdi.
Narxlar har hafta o‘zgarishi mumkin.
Ma’lumot uchun, MB jami 1900 dona oltin va 6900 dona kumush tangani sotuvga qo‘ydi. Ularning har birini og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.
Jismoniy shaxslar tangalarni naqd va naqd bo‘lmagan shaklda, yuridik shaxslar esa faqat pul o‘tkazish yo‘li bilan xarid qilishi mumkin.
Izoh (0)