Hazorasp tumani hokimi lavozimida ishlagan O‘ktamboy Qurbonov Xorazm viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda “Turon 24” manbasi xabar berdi.
Qurbonov Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Masharipovning o‘rniga tayinlangan. Masharipov esa Yangibozor tumaniga hokim bo‘ldi.
Hazorasp tuman hokimi lavozimini Ravshan Jabborov egalladi. U oldin Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)