2018-yilning 4—6-dekabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning Chelyabinsk shahrida ShHTga a’zo davlatlar birinchi hududlar forumida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Forumda Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekistonning hudud rahbarlari hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Delegatsiyalar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun Chelyabinsk viloyatining salohiyati bilan ham tanishadi.
Izoh (0)