Qo‘shma shtatlar tomonidan Afg‘oniston janubiga berilgan aviazarbadan lar komandiri Abdul Mannon halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Mannonning o‘limini Amerika qurolli kuchlari vakili Debra Richardson tasdiqladi. “Ushbu hodisadan so‘ng tolibonlar tinchlik muzokaralarini yangilash imkoniyatini qo‘rib chiqishlari shart” — deydi Richardson.
“U juda qattiqqo‘l va yaxshi qo‘mondon edi. U bir vaqtning o‘zida afg‘on harbiylarini 12 ta joyga yo‘naltirishi mumkin edi”, — deydi Afg‘onistonning Gilmend provinsiyasi xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari Bashir Ahmad Shokir.“Mulla Abdul Mannon Gilmandning ko‘p qismini bosib olish uchun otryadlar tuzgan. Bundan tashqari u tolibonlar maxsus kuchlarini shakllantirishda asosiy shaxs edi. Uning asosiy vazifasi butun Afg‘oniston bo‘ylab qirg‘inbarot hujumlar uyushtirish edi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)