Italiyaning markaziy qismidagi Fyuji shahrida noma’lum shaxs 20 ga yaqin odamni garovga oldi. Bu haqda 29-noyabr kuni Adnkronos agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Hodisa o‘quv muassasasida yuz berganligi ta’kidlanmoqda.
“28 yoshli yigit rahbariyat bilan mojaro sababli 20 nafar talaba bo‘lgan sinfni yopib olgan”, — deyiladi xabarda.
Biroq tez orada yigit voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar tomonidan qo‘lga olingan va zararsizlantirilgan.
Izoh (0)