Rejissor Kventin Tarantino Los-Anjelesda o‘zining qiz do‘sti, isroillik xonanda va model Daniella Pikka uylandi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Marosim uchun juftlik klassik uslubdagi libos tanladi: 35 yoshli kelin oq ko‘ylak va tiara bosh kiyimi, 55 yoshli kuyov esa — kostyum va bo‘yinbog‘.Kelin-kuyovlar sadoqat qasamyodini qildi, katta to‘y keyinroq do‘stlar va yaqinlar davrasida bo‘lib o‘tadi.Tarantino va Pik 2009-yilda tanishgan, 2016-yilda uchrasha boshlagan, 2017-yilda unashtirilgan. Unashtiruv marosimi 2017-yilning sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan, unga Bryus Uillisdan tortib, Umma Turmangacha barcha kino yulduzlari tashrif buyurgan.
Izoh (0)