27-noyabr kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida “Ecoplast sistem” MChJga qarashli maishiy texnikaga jihozlar ishlab chiqarish sexida “M-Dumac” rusumli metall tozalash dastgohida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida “M-Dumac” rusumli metall tozalash dastgohining 0,5 kvadrat metr maydoni yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)