Samsung Galaxy S10 smartfoning talqinlaridan biri oltita kamera bilan jihozlanadi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda oltita kamerali gadjet Beyond X deb nomlanmoqda. Shuningdek, smartfon 6,7 dyuymli ekran bilan jihozlanadi va 5G tarmog‘ida ishlay oladi. Shu bilan birga, kompaniya ekranining diagonali 5,8—6,4 dyuym orasida bo‘lgan yana uchta qurilmani ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Barcha to‘rtta model 2019-yilning fevral oyida taqdim etiladi.
Izoh (0)