Apple kompaniyasi iPhone smartfonlarining XS, XS Max va XR modellarini ishlab chiqarishni qisqartiradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Buyurtmalarning eng yirik qisqarishi iPhone XR da kuzatilmoqda. Xabar berilishicha, hamyonbop modelni dastlab rejalashtirilgan 70 milliontadan uch marta kam ishlab chiqarishga qaror qilingan.
Qayd etilishicha, qisqartirishga sabab kompaniya tomonidan taklif etilayotgan tanlovning ko‘pligi hisoblanadi, ya’ni kompaniya yangi smartfonlar bilan birga o‘tgan yili taqdim etilgan qurilmalarni ham sotmoqda.
Yakunda Apple aksiyalari 1,6 foizga arzonlashgan. Umumiy hisobda Apple’ning kapitalizatsiyasi so‘nggi oyda 12 foizga qisqargan bo‘lib, ayni paytda 918 milliard dollarni tashkil qilmoqda.
Izoh (0)