• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston OTMlari nima sababdan xalqaro reytinglarda o‘rin olmagani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston universitetlari bugungi kunda jahonning nufuzli 100 yoki 200 talik reytinglari u yoqda tursin hatto 500 talik reytinglaridan ham o‘rin olmagani hech kimga sir emas. Asosiysi bu reytinglarga bir necha yillardan buyon e’tibor qaratmayotgan soha xodimlari, endilikda o‘z tashabbuslari bilan xalqaro reyting agentliklariga takliflar bilan chiqmoqda. Birgalikda turli tadbir va tanlovlarni tashkil etayomoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 23-noyabr kuni Toshkentda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda Scopus ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi versiyasi bo‘yicha eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarni tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.

    Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari direktorlari, Elsevier kompaniyasi rahbarlari, xorijlik mutaxassislar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

    Tadbirga tashrif buyurgan QS reyting agentligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Zoya Zayseva O‘zA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi. Mazkur intervyu O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining axborot xizmati ko‘magida tashkil etildi.

    Quyida mazkur intervyu to‘laligicha beriladi.

    – O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining yutuqlari haqida nima deya olasiz? Qaysi jarayon o‘zgartirishga muhtoj nazdingizda?

    – Bu mening O‘zbekistonga ikkinchi tashrifim. Bir qator universitetlarda bo‘ldim. Eng birinchi ko‘zga tashlangan narsa bu universitetlarning bir jamoadek faoliyat olib borishi. Odatda dunyo oliy ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini o‘rtoqlashmaydi. Bu yerda juda do‘stona muhitni ko‘rish mumkin. Asosiy muammolarga to‘xtaladigan bo‘lsam, bu avvalo barcha sobiq ittifoq mamlakatlaridagidek kabi, xorijiy talabalar va xorijiy o‘qituvchilarning kamligi. To‘g‘ri, asta-sekin bu mamlakatlar ham dunyoga ochilmoqda. Biz uchun asosiy muammoni saytlar tug‘diradi. Chunki, ingliz tilidagi ma’lumotlar yangilanmaydi. Men kompaniyadagi rossiyalik sifatida ularni tushunishim mumkin. Ya’ni, rus tilidagi ma’lumotlarni o‘qiy olaman. Lekin, boshqa hamkasblarim uchun ingliz tilidagi ma’lumotlar yetarli emas. Bunga o‘zgartishlar kiritilishi kerak. Shu sababli ham O‘zbekiston universitetlarini jahonda kam bilishadi. Menimcha, ayni shu jabhada ko‘proq ishlash kerak.

    – Bugun Markaziy Osiyoning, misol uchun Qozog‘istonning universitetlari reytingga kirgan. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining unga kirmaganiga sabab nima deb o‘ylaysiz? Bu O‘zbekistondagi ta’lim sifati bilan bog‘liqmi yoki boshqa sababi ham bormi?

    – O‘ylaymanki, universitetlaringiz yangi vazir kelgandan keyin reytinglarga qo‘shilish uchun harakatni boshladi. Bungacha hech qanday so‘rov bizga kelmagandi. Na kommunikatsiya maqsadida, na tadbirlarga va na tahlil bo‘yicha hech qanday taklif kiritilmagan. Qozog‘istonda ham shunday edi. Birinchi marta 2009-yilda biz u yerda ishlashni boshladik. Men universitetlar bilan gaplashgani kelganimda bironta universitet reytinglarda yo‘q edi. Keyin 2010-yilda Nazarboyev Qozog‘istonning 2 universitetini jahonning top-200 reytingiga kiritish vazifasini qo‘ydi. 2012-yilda bu ishning birinchi natijalarini ko‘ra boshladik. Gap shundaki, QS reytingini tuzishda asosiy indikatorlar 5 yil ichida taqdim etiladigan kumulyativ ma’lumotlardan foydalaniladi. Akademik nufuz, ish beruvchilar bahosi, Scopus’ning bibliometrik ma’lumotlari asosida tuziladi. Universitetlar bu ma’lumotlarni yig‘ishlari uchun kamida ikki yil kerak bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasalari qachonki o‘zlari reytingdan o‘rin olishga astoydil kirishsa, bu harakatlar sekin-asta o‘z natijasini bera boshlaydi. Hozircha bu haqida gapirishga erta. Kumulyativ ma’lumotlar bizda yo‘q.

    – Demak, O‘zbekiston ta’lim muassasalarining bu ro‘yxatda yo‘qligi ta’lim sifati bilan bog‘liq emas, balki ma’lumotlar taqdim etilmagan. To‘g‘rimi?

    – Ha.

    – Siz ikkinchi marotaba O‘zbekistondaman dedingiz. Aynan ta’lim sifati haqida shaxsiy bahoingizni bera olasizmi?

    –Men ish beruvchilarning roziligini ko‘ryapman, xalqaro hamkorlikni ko‘ryapman. O‘zbekiston universitetlarining xalqaro miqyosga chiqishga bo‘lgan intilishlarini his qilyapman. Raqobat muhiti shakllana boshlabdi. Talabalar va o‘qituvchilar orasida eng bilimlilarini saralashga harakatlar boshlangan. Sifat haqidagi yana bir indikator deb hisoblash mumkin bo‘lgan jihatni aytib o‘tmoqchi edim. Ya’ni, bir qator Yevropa va Osiyoning nufuzli universitetlari o‘zlarining magistrlik dasturlariga O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini olishga tayyorligini bildirmoqda. Bu O‘zbekistonda boshlang‘ich tayyorgarlik yomon emasligini ko‘rsatadi. Ko‘proq texnika, aniq fanlar yo‘nalishiga taalluqli, biroq ijtimoiy gumanitar sohalarda biroz qiyinroq.

    – O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari qachon va qanday qilib xalqaro reytinglarga kira olishi mumkin? Siz qanday tavsiyalarni bera olasiz?

    –Bu ma’lum bir universitet nimadan boshlashiga bog‘liq. Lekin, ko‘pgina universitetlar bir xil holatda bo‘lgani sababli men uchta asosiy jihatni aytib o‘tmoqchi edim. Shunda ham, kamida 4 yilda natija qo‘lga kiritilishi mumkin. Demak, birinchidan, xalqaro akademik hamjamiyat bilan hamkorlikni rivojlantirish, universitetlarni tanilish imkoniyatini oshirish, ikkinchisi ish beruvchi bilan munosabatlarni rivojlantirish, QS reytingida aynan ish beruvchining bitiruvchi haqidagi tasavvuri inobatga olinadi. Bizga ularning fikri muhim. Universitetlar ham ular bilan qiziqishi kerak, chunki bu bozor talablariga mos mutaxassis tayyorlamoqdami yo‘qmi shuni bilishga imkon yaratadi. Balki ular ish beruvchi bir yil mobaynida qayta o‘qitishi kerak bo‘ladigan xodimni tayyorlayotgandir.

    Karyera markazlarini tashkil etish, o‘z bitiruvchilarini mentorlar sifatida jalb qilish, xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish kabi juda ko‘p tarmoqlar borki, ular eskicha yo‘nalishda saqlab qolingan. Asosiy elementlardan biri bu bibliometriya, biz bu yo‘nalishda ko‘proq Scopus bilan ishlaymiz. Agar universitet tomonidan Scopus’da 50 dan kam material e’lon qilingan bo‘lsa, demak bu universitetni tahlil qilib ham o‘tirmaymiz. Agar istiqbol haqida gapiradigan bo‘lsak, yaqin yillar uchun qo‘yiladigan maqsad avvalo mintaqaviy reytingga kirish bo‘lishi kerak. Yaqinda Yevroosiyo reytingini chiqardik, lekin unda bironta o‘zbek universiteti yo‘q. Lekin, Toshkent davlat texnika universitetining harakatlari boshlanganini ko‘rdik, ular ovoz ola boshladi. Bu universitet olimlari xalqaro jurnallarda maqolalarini chop etmoqda, ulardan iqtibos keltirila boshlandi. Lekin, hali bular yetarlicha emas. Men taxmin qilamanki, hammasi yaxshi bo‘lsa, alohida shaxslar reytingga kirish amaliyotlarini bajarsa va moliyaviy ko‘mak berilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin. Masalan, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish ham katta mablag‘ni talab etadi. Bunda faqat konferensiyalarda nimanidir o‘rganish emas, O‘zbekiston nimani taklif etayotganini ham namoyish etishi lozim.

    – Ommaviy axborot vositalari ham ma’lum ma’noda universitetlar haqida fikr beruvchi indikator sanaladi. Keyingi vaqtlarda aynan O‘zbekiston oliy ta’limi haqida qanday xabar yoki yangiliklarni kuzatdingiz?

    – To‘g‘risini aytsam juda kam. Men faqat shu yerga kelayotganim sababli internetdan qidirib ko‘rdim va O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi o‘tganini, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’limni rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori va rektorlar bilan o‘tkazilgan yig‘inini o‘qidim. Lekin, shundan boshqa xabar o‘qimadim. Men bu xabarlarni ham mahalliy OAVdan oldim. Lekin, dunyoda afsuski, O‘zbekiston haqida ma’lumotlar kam. Men shu yerda aytmoqchimanki, O‘zbekiston professor-o‘qituvchilari va olimlari tomonidan maqola chop etish mumkin bo‘lgan bir qator resurslar bor. Masalan, bizning reyting natijalari e’lon qilinadigan topuniversities.com bir yilda 56 million kishi kiradi. Har qanday universitet u yerda profilga ega bo‘lishi mumkin. Unda o‘zi haqida ma’lumotlar berib borishi mumkin. Bu saytda biz qiziqarli ma’lumotlarni chop etib boramiz. Aytaylik, O‘zbekistonning qaysidir universitetida Hindistonlik talaba o‘qiydi. Uning tarixini biz e’lon qilishimiz mumkin. Bizda nega u O‘zbekistonni va nega aynan shu universitetni tanlagani berib boriladi. Universitetni mashhur ish beruvchi kompaniya bilan yaqin hamkorligi bo‘lsa, biz buni ham e’lon qilishga tayyormiz. Yoshlarga rektorni qaysidir markazni ochishi, yoki qaysidir tadbirni o‘tkazgani qiziq emas, ular o‘zlariga daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarni o‘qiydi. Xalqaro talabalar esa ulardan biri. Yoki o‘qituvchilar va ish beruvchilarni fikrlari ham ularga qiziq bo‘lishi mumkin.

    – Jahon reytingiga kirishda afsuski aynan Markaziy Osiyo va Kavkaz universitetlarini reytinglarda nisbatan pastroq o‘rinlarda turganini ko‘ramiz sabab yoki umumiylik nimada?

    – Bu avvalo tarix bilan bog‘liq. Bu mintaqa uzoq vaqt mobaynida yopiq edi. Ikkinchidan, xalqaro hamkorlikka ehtiyoj yo‘q edi. Ittifoq doirasida mutaxassis tayyorlansa yetarli edi. O‘zbekiston-Rossiya, O‘zbekiston-Qozog‘iston kabi mintaqaviy hamkorlikka ustuvorlik berilar edi. Fan ta’limdan ajratilgan, fanlar akademiyasi barcha respublikalarda bir xil maqomda. Ya’ni fan alohida, ta’lim o‘z holicha ketardi. Bugungi kunga kelib bu jarayon o‘zgardi. Lekin, natijalar birdaniga qo‘lga kiritilmaydi.

    22.11.2018, 23:12   Izoh (0)   27374
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mudofaa vaziri poligonda ijodkor yoshlar bilan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini kuzatdi

    22.11.2018, 23:08

    Navoiy kon metallurgiya kombinatining oltin zaxirasi 35-40 yilga yetadi

    22.11.2018, 21:43

    Yandex.Taxi Uzcard bilan to‘lov qabul qilishni boshlaydi

    22.11.2018, 18:35

    Yevroittifoq O‘zbekiston Adliya vazirligiga 10 mln yevro grant ajratdi

    22.11.2018, 18:23

    O‘zbekistonda ortiqcha yoki noto‘g‘ri to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni qaytarish tizimi to‘liq avtomatlashtiriladi

    22.11.2018, 18:10

    Qashqadaryodagi 1000 ta maktabning 300 tasi “burjuyka”da isitiladi

    22.11.2018, 17:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06

    Taksi haydovchisi yo‘lovchiga, mast erkak esa tanishiga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 15:56

    Britaniyadagi aeroportda samolyotlar to‘qnashishi sabab parvozlar vaqtincha bekor qilindi (video)

    Dunyo | 15 avgust, 15:35

    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi

    Reklama | 15 avgust, 13:30

    Bolaning begonasi bo‘lmaydi: farzand asrab olgan jahonga mashhur ayollar (foto)

    Shou-biznes | 15 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.