22-noyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati pasayib, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. Respublikaning tog‘li hududlarida, xususan Qamchiq dovonida qor yog‘di.
Kuchli qor yog‘ishi natijasida dovonda tirbandliklar yuzaga kelgan. Yuk mashinalar tog‘ning yuqori qismiga chiqishga qiynalmoqda deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.
Yo‘lsozlar yo‘lni tozalashga harakat qilishayotgan bo‘lsa-da, biroq dovonda ko‘tarilgan bo‘ron yo‘llarni tozalash ishlarini olib borishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
Izoh (0)