Qoraqalpog‘iston davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Xo‘jayli tumanida istiqomat qiluvchi D.Sh. noqonuniy ravishda chet elda ishlab chiqarilgan 12 turdagi avtotransport shinalarini sotish bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlandi.Bu haqda “Daryo”ga boshqarma jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi ma’lum qildi.
D.Sh.ning jami qiymati 114 million 650 ming so‘mlik 12 turdagi 477 dona shinasi savdosiga chek qo‘yildi. Shinalar masala qonuniy hal bo‘lguniga qadar vaqtinchalik olib qo‘yildi.
Izoh (0)