Samarqand viloyati, Jomboy tumanida 10-avgust kuni zapravka yonib ketdi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Shayman” MFY hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi hududida avtomobillarda yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida xabar Samarqand viloyati FVBga soat 22:00 da kelib tushgan. Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 22:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:21 da qurshab olingan va soat 22:30 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida Kia Bongo, Damas va Gentra rusumli avtomobillar zararlangan.

Ayni paytda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
8-avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida ham avtomobillarga mobil yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqqandi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. 5-avgustda esa Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida zapravka portlagandi. 16-iyul kuni ham ushbu tumandagi gaz to‘ldirish stansiyasi hududida yonilg‘i saqlash rezervuarida chaqnash va undan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 5 kishi vafot etgan.
Izoh (0)